Oʻzbek delegatsiyasining Turkmaniston qurilish korxonalariga tashrifi

Ishtirokchilarga quruq qurilish aralashmalari, gipsokarton, bezak va bo'yoq materiallari mahsulotlari namoyish etildi.

«Ak Bulut» korxonasida delegatsiya ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko’rsatkichlari va eksport yetkazib berishlari haqida ma’lumot berildi.

2025–2026 yillarda kompaniya Oʻzbekistonga 120 million kvadrat metr osma shiftlar, shuningdek, gipsokarton varaqalari va quruq aralashmalar yetkazib berdi.