Oʻzbekiston Baku shahrida o‘smirlar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

43 kg vazn toifasining finalida Oʻzbekistonlik Muxlisa Masharipova Germaniyalik Finay Shtrauhni ishonch bilan mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasining yana beshta vakili erkin kurash bo‘yicha saralash bosqichida o‘z chiqishlarini boshlaydi.

Jahon chempionatida 60 dan ortiq mamlakatdan 700 ga yaqin yosh kurashchilar ishtirok etmoqda.