Oʻzbekistonda koʻmir, neft va gaz ishlab chiqarish dinamikasi
2026 yil 1 iyul holatiga koʻra respublikada 63,3 ming sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarish tuzilmasida 2026 yil yanvar–iyun oylarida eng katta ulush qayta ishlovchi sanoat korxonalariga tegishli — 86,3%, shu bilan birga, konchilik va karerlarni ishlash ulushi 6,7%ni tashkil etadi.
Joriy yilning dastlabki olti oyida respublikada 2,5 million tonna koʻmir qazib olindi.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish 16,4%ga, gaz kondensati 19,7%ga, neft esa 3,1%ga kamaydi.