Qozog'iston Energetika vazirligi avariya va O'zbekistondagi elektr ta'minoti uzilishi o'rtasidagi aloqani inkor etdi

«Ba'zi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan O'zbekistondagi elektr ta'minoti uzilishlari Qozog'iston energiya tizimidagi avariya natijasida yuzaga kelgani haqidagi ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonning ayrim hududlarida yashovchilar elektrsiz qoldi.

Qozog’istonning elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi KEGOC ma’lumotlariga ko’ra, 500 kilovolt kuchlanishdagi uchta elektr uzatish liniyasi avariya sababli o’chirilgan.

Hozirda energiya tizimida tiklash tadbirlari kuchaytirilgan rejimda o’tkazilmoqda.

Казахстанское Минэнерго опровергло слухи о связи аварии с отключениями в Узбекистане