Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo hamkorligini muhokama qilmoqda
Ashxabadda Oʻzbek-Turkman biznes-forumi o‘tmoqda, uning maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdir.
Forumda Turkmaniston va Oʻzbekistondan davlat tuzilmalarining va yetakchi kompaniyalarining vakillari ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Turkmaniston: Oltin asr” axborot agentligi.
Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshanbek Alimov tadbirning yuqori darajada tayyorlanganini ta’kidlab, har ikki mamlakat tadbirkorlarining o‘zaro savdoni, investitsion hamkorlikni va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istagini alohida ta’kidladi.
Forumda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.