Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma imzolandi
Qirgʻiziston prezidenti Sadyr Japarov va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki respublika oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar.
Tor va keng formatlarda olib borilgan muzokaralardan soʻng mudofaa sohasida hamkorlik va oliy taʼlim sohasida kreditlarni o‘zaro tan olish toʻgʻrisida kelishuvlarni o‘z ichiga olgan 12 ta hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston prezidenti 30-iyul kuni davlat tashrifi bilan Cholpon-Ata shahriga keldi.
Mirziyoyev shuningdek, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon respublikalari prezidentlarining norasmiy maslahat uchrashuvida ishtirok etadi, bu uchrashuv 30-iyuldan 1-avgustgacha oʻtkaziladi.