Oʻzbekiston va EAEK bojxona sohasida hamkorlikni mustahkamlashmoqda

Yig‘ilishda, Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, bojxona hamkorligi loyihalari muhokama qilindi. Ushbu sohada eng dolzarb tashabbuslarni amaliy ravishda amalga oshirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot almashish tashqi savdo statistikasi o‘rtasidagi farqlarni qisqartirishga, huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish jarayonini soddalashtirishga, shuningdek, bojxona organlari o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yordam beradi, deb kutilyapti.

Yig‘ilish yakunida Sergey Shklyayev Oʻzbekiston bojxona organlarining raqamli rivojlanish darajasini yuqori baholadi va bojxona boshqaruvi sohasidagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish imkoniyati uchun o‘zbek tomoniga minnatdorchilik bildirdi.