Xitoy - Qirg'iziston - O'zbekiston temir yo'lini topshirish muddati qisqarishi mumkin
Temir yo'l qurilishi 2024 yil 27 dekabrda Jalolobodda boshlangan. Loyihalashgan yo'nalish Kashgar - Torugart - Makmal - Jalolobod - Andijon bo'ylab o'tadi, umumiy uzunligi 532,53 km, shundan taxminan 312 km Qirg'iziston hududida joylashadi.
Hukumatlararo kelishuvga ko’ra, loyiha qiymati 4,7 milliard dollarni tashkil etadi. Xitoy qo’shma loyiha kompaniyasida 51% ulushga ega bo’ladi, Qirg’iziston va O’zbekiston esa har biri 24,5% ulushga ega bo’ladi.
Umumiy summaning taxminan 2,3 milliard dollari Pekin tomonidan 35 yil muddatga kredit sifatida taqdim etiladi, qolgan qismi esa ishtirokchilar tomonidan o’z ulushlariga muvofiq ustav kapitaliga kiritiladi.
