Oʻzbekiston va Janubiy Koreya savdoni 4 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda

Seulda Jamshid Xodjaev va Ku Yun Chxol ishchi guruhini tuzish, biznes aloqalarini mustahkamlash va kelgusi forumlar va sammitlarni tashkil etishni muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro savdoni yiliga 4 milliard dollargacha oshirish maqsadida qoʻshma ishchi guruhini tuzishni rejalashtirmoqda.

Seulga ishchi tashrif davomida Xodjaev Janubiy Koreya Bosh vaziri va iqtisod va moliya vaziri Ku Yun Chxol bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shuni ta’kidlash joizki, Janubiy Koreya investitsiyalari Oʻzbekistonda allaqachon 8 milliard dollardan oshdi va mamlakatda janubiy koreys kapitaliga ega 725 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda.