Oʻzbekiston 2030 yilgacha sun'iy intellekt infratuzilmasiga $6 milliard investitsiya kiritadi
Oʻzbekiston 2030 yilgacha sun'iy intellekt sohasiga $6 mlrd miqdorida xususiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha kelishuvlar imzoladi, bu haqda Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Oleg Pekos „Oʻzbekiston 24“ telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Ushbu investitsiyalarning katta qismi sun’iy intellekt texnologiyalari uchun zarur infratuzilmani rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Hozirgi kunda mavjud hisoblash quvvatlariga yuklama taxminan 90% ni tashkil etmoqda.
Noyabr oyida qo’shimcha quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan, yil oxirigacha yana bir infratuzilma obyekti foydalanishga topshiriladi.