Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi maqomida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EАЭС) toʻla huquqli aʼzo boʻlishga shoshilmayapti, lekin kuzatuvchi maqomida hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.

Bu haqda Oʻzbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya kafedrasi professori Renat Karamurza «Vesti» jurnalisti Robert Frantsevga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Uning fikricha, bunday yondashuv Oʻzbekistonga qisqa muddatda iqtisodiy foyda keltirishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlarga eʼtibor qaratishga imkon beradi.

Professor shuningdek, yirik va geografik jihatdan yaqin bozor bilan yaqinlashish boshqa EАЭС aʼzolari uchun ham foydali boʻlishini taʼkidladi.