Japarov Shavkat Mirziyoevga I darajali «Manas» ordenini topshirdi
Qirg'iziston prezidenti Sadyr Japarov O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni mamlakatning eng yuqori davlat mukofoti — «Manas» I darajali ordeni bilan taqdirladi.
O’z navbatida, Mirziyoev erishilgan ishonch va o’zaro tushunish darajasi ikki xalq manfaatlari uchun ittifoqni rivojlantirishda yangi ufqlar ochishini ta’kidladi.
«Manas» ordeni Qirg’iziston lideri Askar Akayev tomonidan 1996 yil aprel oyida tashkil etilgan.
Taqdirlashda ketma-ketlik saqlanadi — III darajadan I darajagacha, ammo prezident maxsus hollarda istisnolar qilish huquqiga ega.