Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarasida o‘tish punktlari soni ikki baravar oshadi
Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarasidagi o‘tish punktlari soni 15 dan 30 ga oshirilishi haqida kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti Sadyr Japarov Oʻzbekiston lideri Shavkat Mirziyoyev bilan «Ruh-Ordo» markazida o‘tgan muzokaralarda ma'lum qildi.
«Chegara hududlaridagi aholi orzusiga erishildi. Endi odamlar bir-biriga erkin borish, ish yuritish, o‘qish va dam olish imkoniyatiga ega. O‘tish punktlarining muvaffaqiyatli ishlashi bizning mamlakatlarimizning tranzit va transport-logistika salohiyatini oshiradi», — dedi Japarov.
U shuningdek, qirgʻiz-oʻzbek munosabatlari «tarixdagi eng yaxshi davrlardan birini boshdan kechirmoqda», deb qo’shimcha qildi.