Xalqaro vegan oshxona festivali Toshkentda o‘tadi

Oziq-ovqat va wellness-turizmga bo‘lgan global talab oshayotgan sharoitda respublika zamonaviy turistik mahsulotlarni rivojlantirishda davom etmoqda.

Toshkentda Xalqaro vegan oshxona festivali o‘tadi, deb xabar bermoqda RUz Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Festival dasturida hind va o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan mualliflik vegan menyusining taqdimoti, shuningdek, ekspertlar munozarasi bo‘ladi.

Biznes dasturining asosiy ishtirokchilaridan biri sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ekspert va Ayurveda sohasida falsafa doktori (PhD) Nikxila Axiramatx bo‘ladi.