Oʻzbekistonda AES uchun kadrlarga tayyorgarlik: «Rosatom» texnik akademiyasi loyiha boshlaydi
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, «Rosatom» texnik akademiyasining uchta maydoni Obninsk, Sankt-Peterburg va Novovoronej kelajakdagi AES xodimlari uchun o'quv-uslubiy materiallar ishlab chiqishda ishtirok etmoqda.
Shuningdek, AES hududida yuzlab mutaxassislarni tayyorlash imkonini beruvchi o’quv-trening markazi qurilishi rejalashtirilmoqda.
2025 yil sentabrida «Rosatom» va Oʻzbekiston hukumati integratsiyalashgan AES qurilishi bo’yicha loyiha asosiy shartlari to’g’risida qo’shimcha kelishuv imzoladilar.
Loyiha 3+ avlod VVER-1000 asosida ikkita katta quvvatli energoblok va har biri 55 MVt quvvatga ega RITM-200N kichik reaktorlari bilan ikkita energoblokni o’z ichiga oladi.
