Oʻzbekistonda moliya vositalarini modernizatsiya qilish uchun yangi kapital bozori toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Qonun loyihasining asosiy qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etildi.

Kapital bozori ekosistemasini rivojlantirish va regulyator innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Valeriy Li Sputnik Oʻzbekistonga bergan izohida yangi hujjat bozor ishtirokchilariga qanday imkoniyatlar taqdim etishi mumkinligini tushuntirdi.

Qonun loyihasi opsionlar, svoplar, fyucherslar, forvardlar va narx farqi bo‘yicha shartnomalarni, shuningdek, qoplangan, sekuritizatsiyalangan obligatsiyalar va barqaror rivojlanish obligatsiyalarini qo‘llash imkoniyatini o‘z ichiga oladi.